» » Qashqadaryoda 33 yoshli ayolning surat va videolarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi

Qashqadaryoda 33 yoshli ayolning surat va videolarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 1000 dollar talab qilgan shaxs ushlandi


Qashqadaryoda 33 yoshli ayolning surat va videolarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, pul talab qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, 33 yoshli X.N. Qashqadaryo viloyati IIB ga ariza bilan murojaat qilib surat va videolarini internetga tarqatish bilan qo‘rqitib, 1000 dollar talab qilgan tanishi S. ismli shaxsga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Uning bildirishicha, S. ismli shaxs bilan 2020-yilning fevral oyida Telegram’da tanishib qolgan, u bilan ijtimoiy tarmoq orqali o‘zaro yozishib, gaplashib turgan, unga o‘zining bir nechta fotosurat va videolarni yuborgan.

Ayol Rossiyaning Ufa shahrida ishlab kelayotgani sababli S. ismli shaxsni jinoyat ustida qo‘lga olishda 21 yoshli tanishi U.O. yordam berishini aytgan.

Mazkur ariza yuzasidan 28-iyun kuni soat 14:40 da IIB xodimlari tomonidan Qarshi shahar I.Karimov ko‘chasida joylashgan “Sharq ziyokori” savdo binosi yaqinida o‘tkazilgan tezkor-tadbir davomida, Qamashi tumanida yashovchi 24 yoshli S.A. tadbirda ishtirok etayotgan fuqaro U.O., dan kimyoviy ishlov berilgan 900 dollar miqdordagi pul mablag‘ini olib, evaziga fuqaro fotosurat va videolarini o‘chirib yuborish uchun o‘ziga tegishli Samsung J8 rusumli uyali aloqa vositasini U.O.ga taqdim qilgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan Qarshi shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan S.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют