» » Namanganda to‘rt egizak tug‘ildi. Ularning barchasi o‘g‘il

Namanganda to‘rt egizak tug‘ildi. Ularning barchasi o‘g‘il


Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Hozirovlar xonadonida bir yo‘la 4 o‘g‘il, egizaklar dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qilgan.

Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda, onasi Madina Ikramova 30 yoshda. Ular 2016-yil 26-oktabrda turmush qurgan.

Chaqaloqlar Namangan viloyati perinatal markazida dunyoga kelgan.

“Onaga tug‘ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha barcha zamonaviy yordam ko‘rsatildi. Bolalarni sog‘-salomat ona qo‘liga topshirish maqsadida tajribalar shifokorlarimiz bilan tug‘ruq rejasini tuzib oldik. Tug‘ruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik ko‘rildi. Har bir bolaga to‘liq tibbiy yordam ko‘rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab amaliyot samarali yakuniga yetkazildi”, – deydi viloyat perinatal markazi direktori Iroda Muhitdinova.

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi bola 902 gramm, ikkinchisi 1360 gramm, uchinchi 1701 gramm, to‘rtinchi o‘g‘il esa 1400 gramm og‘irlikda tug‘ilgan.

“Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda”, – deyiladi SSV xabarida.

Avval 2019-yil sentabr oyida Bekobodda to‘rt egizak: ikki nafar o‘g‘il va ikki nafar qizaloq dunyoga kelgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют