» » APL. “Manchester Siti” chempion “Liverpul”ni tor-mor keltirdi

APL. “Manchester Siti” chempion “Liverpul”ni tor-mor keltirdi


Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 32-turida “Manchester Siti” 2-iyul, payshanba kuni “Liverpul”ni qabul qildi.

Uchrashuvda maydon egalari yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. 25-daqiqada Kevin de Bryuyne penaltini aniq bajarib, “shaharliklar”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Oradan o‘n daqiqa o‘tib Rahim Sterling o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, taym so‘nggida Fil Foden hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ikkinchi bo‘limda maydon egalari yana bitta to‘p kiritishga erishdi. 66-daqiqada Sterlingning zarbasidan so‘ng to‘p Aleks Oksleyd-Chemberlenga tekkan holda darvozadan joy oldi.

Shu tariqa o‘tgan turda muddatidan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan “Liverpul” yirik mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. “Manchester Siti” ochoklarini 66 taga yetkazib oldi va ikkinchi o‘rinda ketmoqda.

APL

32-tur bahsi

2-iyul, payshanba

Gollar: 1:0 – 25, penalti de Bryuyne, 2:0 – 35 Sterling, 3:0 – 45 Foden, 4:0 – 66, avtogol Oksleyd-Chemberlen.

“Manchester Siti”: Ederson, Uoker (Joau Kanselu, 73), Erik Garsiya, Mendi, Lyaport (Otamendi, 79), Foden, Gundo‘g‘an, de Bryuyne, Rodri Ernandes, Sterling (Bernardu Silva, 79), Gabriel Jezus (Mahrez, 58).

“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold (Uilyams, 76), Gomes (Oksleyd-Chemberlen, 46), Veynaldum (Keyta, 62), Fabinyo, Henderson, Mane (Minamino, 85), Firmino (Origi, 62), Saloh.

Ogohlantirishlar: Gomes (24), Mendi (41), Uoker (57), Henderson (90).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 02:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют