» » Aleksandr Lukashenko Belarusda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qildi

Aleksandr Lukashenko Belarusda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qildi


Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatda koronavirus ustidan g‘alaba qozonilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Tengrinews” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Aleksandr Lukashenko mazkur bayonotni 2-iyul kuni davlat mukofotlarini topshirish chog‘ida qilgan. U shifokorlarning mehnatini ta’kidlab o‘tgan.

“Koronavirus infeksiyasi sababli birinchi qatorda shifokorlar turdi. Bizning sog‘liqni saqlash tizimimiz chidadi. Biroq biz kurash darajasini pasaytirmaymiz, shunday bo‘lsa ham bugun aytish mumkinki, biz g‘alaba qozondik. COVID-19 ustidan qozonilgan hal qiluvchi g‘alabadan keyin bugun o‘z ish o‘rnida turgan shifokorlarimiz bilan, albatta, alohida uchrashamiz”, — degan Belarus prezidenti.

Belarusda 1-iyul holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinish bo‘yicha 62 424 ta holat qayd etilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 03:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 18) ( 0) ( 16) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют