» » Sariosiyo tumanidagi janjal holati aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

Sariosiyo tumanidagi janjal holati aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanidagi janjal holati aks etgan videolavha tarqaldi. IIV huzuridagi Tergov departamenti ushbu videolavhada aks etgan voqea bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 21-iyun kuni soat 17:30 da Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani “Lutfikor” mahallasidan o‘tuvchi Sariosiyo—Uzun yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida 31 yoshli M.Ya. Nexia mashinasini haydab ketayotganida o‘zi bilan bir yo‘nalishda Cobalt’ni boshqarib ketayotgan 21 yoshli R.M. chiqib qolgan.

Ular bir-biriga yo‘l bermasligi oqibatida o‘zaro tortishib qolgan, so‘ng Nexia haydovchisi M.Ya.ning shu yaqin atrofda turuvchi 55 yoshli amakisi O.Ya.ning uyi yonida to‘xtagan Cobalt’dan R.M. va uning ukasi 18 yoshli U.M. tushib, Nexia haydovchisi M.Ya. va uning amakisi bilan o‘zaro janjallashib, bir-biriga qasddan tan jarohati yetkazgan.

Shu kunning o‘zida soat 18:30 da Cobalt egasi R.M. ukasi U.M., 41 yoshli otasi O.X. va 32 yoshli amakisi X.O. bilan Nexia haydovchisi M.Ya.ning amakisinikiga borib, uning qarindoshi bo‘lgan 31 yoshli O.N.ning tanasining duch kelgan joylariga qasddan urib, tan jarohati yetkazgan.

Shundan so‘ng soat 20:20 da M.Ya. va uning janjaldan xabar topgan 5 nafar qarindoshi birgalikda O.X.ga tegishli bo‘lgan kichik korxona binosi oldiga borib, O.X. va uning o‘g‘illari R.M., U.M.ga qo‘l va oyoqlari bilan badanlarining turli sohalariga qasddan urib, tan jarohatlari yetkazgan.

Xabarda aytilishicha, mazkur holat yuzasidan hozirda Sariosiyo tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 05:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют