» » Turkiya oliy sudi Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirilishiga ruxsat berdi

Turkiya oliy sudi Avliyo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirilishiga ruxsat berdi


Turkiya oliy sudi Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasining maqomi prezident farmoni bilan o‘zgartirilishi mumkinligiga oid qarorni qabul qildi, deb xabar qilmoqda Gretsiyaning Оrthodox Times nashri.

Sudyalarning fikricha, Turkiyaning birinchi prezidenti Mustafo Kamol Otaturk 1934-yilda imzolagan ibodatxonaga muzey maqomini berish haqidagi farmon o‘z kuchida qoladi, biroq hozirgi davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ushbu maqomni saqlab qolish yoki o‘zgartirish haqida qaror chiqarishga haqli deb belgilangan.

Bundan tashqari, ibodatxona masalasi Turkiya Davlat kengashida ham muhokama qilingan. Bu boradagi eshituv 17 daqiqa davom etgan, deb yozmoqda CNN. Kengashning rasmiy qarori 15 kun ichida e’lon qilinishi mumkin.

Turkiya OAVning taxminlariga ko‘ra, Sofiyadagi birinchi musulmonlar xizmati 15-iyulda 2016-yildagi harbiy-siyosiy davlat to‘ntarishi amalga oshmay qolganining to‘rt yilligi munosabati bilan faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Istanbuldagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi borasidagi bahs-munozaralar 29-mayda Konstantinopol qulashiga 567 yil to‘lishi munosabati bilan binoda Qur’on xatm qilinganidan keyin yana avjiga chiqdi. Oradan bir hafta o‘tgach, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ibodatxona masjidga aylantirish masalasini ko‘rib chiqishni buyurdi. Keyinroq Adliya vaziri Abdulhamid Gul ibodatxonaning masjidga aylantirish tarafdori ekanini aytdi, tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho‘g‘li ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.

O‘z navbatida Turkiyaning arman partriarxi Saak II Avliyo Sofiya ibodatxonasining musulmonlar uchun ham, xristianlar uchun ham tavba-tazarru joyi bo‘lib qolishi kerakligini ta’kidladi. Ibodatxonaning masjidga aylantirilishiga provaslav cherkovlari, yuqori martabali diplomatlar, jumladan, AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo qarshi chiqqan.

Avliyo Sofiya ibodatxonasi 1985-yilda YuNESKOning butunjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 07:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют