» » Ro‘ziqul Berdiyev: OKMKga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga loyiq emasdik, penalti rejalarimizni buzib yubordi

Ro‘ziqul Berdiyev: OKMKga qarshi o‘yinda mag‘lubiyatga loyiq emasdik, penalti rejalarimizni buzib yubordi


Futbol bo‘yicha Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan OKMK — “Nasaf” uchrashuvidan (2:1) so‘ng har ikki jamoa bosh murabbiylari o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Dastlab mehmonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin borasida gapirdi.

“Raqibimiz tajribali jamoa edi. Qolaversa ularning maydonida harakat qildik. O‘yinga keladigan bo‘lsak, jamoamiz bugun munosib o‘yin namoyish etdi. Mag‘lubiyatga loyiq emasdik, chunki keraklicha vaziyatlar yarata oldik. Lekin bugun ham, avvalgi o‘yinlarda ham omad bizdan ochiqchasiga yuz o‘girmoqda. OKMKni g‘alaba bilan tabriklaymiz.

Futbolda faqatgina yaxshi o‘yinning o‘zi uchun ochko berilmaydi yoki jamoa jadvalda yuqoriga olib chiqib qo‘yilmaydi. Buning uchun ochko to‘plash kerak. Ochko uchun esa vaziyatlarni golga aylantirish kerak. Balki bu ruhiy tomonlama muammoga bog‘liqdir. O‘yinlarda tashabbusga ega bo‘lmoqdamiz. Munosib o‘yin ko‘rsatyapmiz. Lekin nima uchundir bizdan omad yuz o‘girmoqda.

Ko‘proq qarshi hujumlardan samarali foydalanib, himoyada mustahkam harakat qilishimiz lozim edi. Lekin penalti rejamizni buzib yubordi. Keyingi vaziyatda esa qarshi hujumda xato qildik, pozitsion himoyalanishda ham kamchilikka yo‘l qo‘ydik. O‘shandan so‘ng biz yanada ko‘proq vaziyat yaratdik. Barchangiz ko‘rdingiz, yosh futbolchimiz hattoki bo‘sh darvozaga ham gol kirita olmadi. Bu uning aybi emas. Jamoada ruhiy tayyorgarlikni yaxshilashga harakat qilamiz.

Hali legioner hujumchimiz o‘yinga kirishib keta olmayapti. Bugun unga imkoniyat bergandik. O‘ylaymanki, hujumchi bundan ham yaxshiroq harakat qilishi lozim”, — deydi Berdiyev.

Shundan so‘ng OKMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov fikr bildirib o‘tdi.

“Bir-biriga mos ikki jamoa o‘zaro o‘yin o‘tkazdi. Ularning har ikkisi ham hozirgacha mag‘lubiyatsiz kelayotgandi. O‘yin jangovar, tezkor va kurashlarga boy bo‘ldi. “Nasaf” shakllangan jamoa. Jamoaning o‘z akademiyasi bor va u yerdan yaxshi futbolchilar yetishib chiqqan. Berdiyev doimo yoshlar bo‘lishiga qaramay, jamoani yaxshi shakllantira olgan.

G‘alaba qozonganimizdan xursandman. Shuningdek, bizni TV orqali bo‘lsada qo‘llab-quvvatlagan muxlislarimizga minnatdorchilik bildiraman. Muxlislar pandemiya orqali stadionga kira olishmayapti. Shu sababli, Olmaliqda o‘yinlarni TV orqali ko‘proq takror namoyish etishni iltimos qilishibdi. Bu quvonarli, futbolchilarimizning mehnati. Fursatdan foydalanib, yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘yin davomida kurashishdi va o‘z maqsadimizga yetdik.

Raqib safida Bozorov va Kenjaboyev tushganidan so‘ng Sardor Rahmonovni maydonga tushirdim. Chunki, tayanch zonasi bo‘shdek ko‘rinib qoldi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar ham o‘yinni kuchaytira olishdi”, — deydi Qosimov.

Mazkur g‘alabadan so‘ng OKMK ochkolarini 17 taga yetkazib oldi va 2-o‘ringa ko‘tarildi. “Nasaf” (12) esa 7-pog‘onada qoldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют