» » Amerikalik olimlar AQShning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari o‘tkazdi

Amerikalik olimlar AQShning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari o‘tkazdi


AQShning bir necha shaharlari, jumladan, Vashington va Nyu-Yorkda ko‘p sonli norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Ularning qatnashchilari — olimlar, shifokorlar va talabalar — federal hukumatdan tadqiqotlar, xususan, iqlim o‘zgarishlari va tibbiyot sohasidagi izlanishlarga xarajatlarni kamaytirmaslikni talab qildi.

Rasman mazkur aksiyalar Xalqaro Yer kuniga bag‘ishlandi va dunyoning ko‘plab shaharlarida o‘tkazildi. Biroq prezident Tramp global isish konsepsiyasini shubha ostiga olgani va qazib oluvchi kompaniyalar uchun ekologiyaga taalluqli qoidalarni bekor qilgani sabali AQShda keskin siyosiy tus oldi.

“Dinozavrlar ham iqlim o‘zgarishlariga ishonmagan edi”, — deb yozilgandi Nyu-Yorkdagi namoyish qatnashchilarining birining plakatida. Bu yerda ushbu aksiya Trump Tower yaqinida bo‘lib o‘tdi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 56) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют