» » Muhsin Muhammadiyev: Goldan keyin jamoamiz butunlay parchalanib ketdi

Muhsin Muhammadiyev: Goldan keyin jamoamiz butunlay parchalanib ketdi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 7-turidan o‘rin olgan “Buxoro” — “Metallurg” uchrashuvidan (1:4) so‘ng har ikki jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Avvaliga bekobodliklar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Doim o‘z jamoamdan va murabbiylar shtabidan har bir o‘yinga, raqib musobaqa jadvalida qanday o‘rindaligidan qat’i nazar maksimal tarzda ishlashni talab qilaman. Bugun butun shtab va jamoam ilk daqiqadan oxirigacha bor kuchi bilan o‘ynadi. Uzoq yo‘l bosib keldik, ob-havo ham issiq. Futbolchilardan maksimal yondashuv so‘rayapmiz. Shundagina natijaga erisha olamiz. Boshqa yo‘l yo‘q.

Bugun futbolchilar maydonga tushishdi va o‘z ishini qildi, natijaga erishdik. Endi keyingi o‘yinga tayyorgarlikni boshlash kerak, shunday tarzda butun mavsum davomida ishlash kerak. Mana shunda jamoa rivojlanadi”, — deydi Shipilov.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Muhsin Muhammadiyev qatnashdi.

“Bunday yirik hisobda mag‘lubiyatga uchrash juda ham alamli. Agar birinchi bo‘limda o‘yinimiz futbolga o‘xshagan bo‘lsa-da, ikkinchi bo‘limda penaltidan gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin jamoamiz butunlay parchalanib ketdi. Afsuski shunday bo‘lib turadi, barcha mas’uliyatni o‘z bo‘ynimga olaman. Hisob o‘yinga mos emas. Penaltidan gol o‘tkazganimizdan keyin o‘yinni tashlab qo‘ydik va oldinga qarab yugurdik. Takrorlayman natijaga bosh murabbiy aybdor”, — deydi mutaxassis.

Mazkur o‘yindan so‘ng “Metallurg” 13 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, “Buxoro” (2) 13-pog‘onada bormoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют