» » O‘zbekistonning Yaponiyadagi sobiq elchisi, diplomat Mirsobit Ochilov vafot etdi

O‘zbekistonning Yaponiyadagi sobiq elchisi, diplomat Mirsobit Ochilov vafot etdi


O‘zbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vazirining Yaponiya bilan hamkorlik qilish bo‘yicha maslahatchisi Mirsobit Ochilov vafot etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

“Ilgari O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasining rahbari, ‘Chiqayotgan Quyosh, Oltin va Kumush Yulduz’ imperator ordeni sohibi Mirsobit Fozilovich 2-iyulda vafot etdilar”, — deyiladi xabarda.

Mirsobit Ochilov 1999-yilda parlament saylovlarida tanlangan, II chaqiriq Oliy Majlisining deputati, professor, iqtisod fanlari doktori, Bank-moliya akademiyasining birinchi rektori, 1-darajali favqulodda va muxtor elchisi, 2001—2009-yillarda O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchisi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.

“Ular iqtidorli rahbar, yuqori darajadagi diplomat, iqtisodiyot sohasining yetuk olimi, ishonchli, mehribon va doim yordam berishga tayyor bo‘lgan inson edilar. Mirsobit Fozilovichning xuddi shunday yorqin xotirasi qarindoshlari, hamkasblari va shogirdlarining qalblarida abadiy saqlanib qoladi”, — deya hamdardligini bildiradi vazirlik.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют