» » Toshkent viloyatidagi olti tuman hududi 2030-yilgacha Toshkent shahriga qisman qo‘shilishi kutilmoqda

Toshkent viloyatidagi olti tuman hududi 2030-yilgacha Toshkent shahriga qisman qo‘shilishi kutilmoqda


Toshkent viloyatidagi olti tuman hududi Toshkent shahriga qisman qo‘shilishi kutilmoqda. Bu haqda, davlat rahbari administratsiyasining bayoniga ko‘ra (nusxasi “Daryo” tahririyatida bor), Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-iyun kuni Olmazor tumaniga qilgan tashrifidan so‘ng ma’lum qilingan.

Hujjatda belgilanishicha, Qurilish vazirligiga “Davergeodezkadastr” qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Toshkent shahrining 2030-yilgacha rivojlantirish bosh rejasi loyihasini ishlab chiqishni qayta ko‘rib chiqish topshirilgan.

Loyihada Toshkent shahri hududiga Toshkent viloyatining Toshkent, Yangiyo‘l, Zangiota, Qibray, Yuqori Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlari hududining qisman qo‘shilishi natijasida chegara hududlari o‘zgarishi va yo‘ldosh shaharchalar qurilishini inobatga olish zarurligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Avvalroq Toshkentni 2041 yilgacha rivojlantirish bosh reja loyihasini ishlab chiqishga doir Prezident qarori loyihasi muhokamaga qo‘yilgan edi. Unda ham Toshkent, Qibray, Zangiota, Yangiyo‘l, Quyi Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlarining bir qismi poytaxtga qo‘shilishi ko‘rsatib o‘tilgan edi. Qaror muhokamasi 13-may kuni yakuniga yetgan, qachon imzolanishi noma’lum.

2019-yil iyunida esa Toshkent shahar hokimligi rasmiylari Toshkent shahri yaqin kelajakda 18 ming gektarga kengayishi mumkinligi, Yangi Toshkent poytaxtning sharq tomonida, Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘i bo‘ylab joylashishini ma’lum qilgan edi. Bundan avvalroq Britaniyaning Benoy kompaniyasi Chirchiqning chap sohilida joylashgan Yangi Toshkent loyihasini namoyish etgan edi.

2019-yil kuzida Prezidentga taqdim etilgan Toshkent metropolitenini rivojlantirish konsepsiyasida Chirchiq daryosining chap qirg‘og‘ida “Yangi Shahar” metro bekatining loyihaviy joylashuvi ko‘rsatib o‘tilgan edi.

Mavzuga doir: Toshkent tumanining Olmazorga yaqin qismida 150 ming aholiga mo‘ljallangan yo‘ldosh shaharcha quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yil avgustidagi farmoni bilan poytaxt hokimligiga 2019-yil 1-yanvarga qadar Toshkentning bosh rejasi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasini taqdim etish, shuningdek, 2019-yil 1-dekabrgacha tasdiqlangan bosh reja konsepsiyasi asosida poytaxtning yangi bosh rejasini tasdiqlash to‘g‘risidagi Prezident qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi to‘g‘risida topshiriq bergan edi.

2019-yil fevralida bosh reja konsepsiyasi aprel oyi oxirigacha tayyor bo‘lishi, loyiha ustida Xitoy, Turkiya, Buyuk Britaniya kompaniyalari ish olib borayotgani bildirilgan edi (aslida konsepsiyani tasdiqlash to‘g‘risidagi qaror loyihasi 2019-yil 1-yanvargacha Prezidentga kiritilishi lozim edi). Buning uchun Toshkent 3D-kameralar o‘rnatilgan vertolyotlar vositasida, bosh vazir Abdulla Aripov va poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ishtirokida “skanerdan o‘tkazilishi” aytildi. Aprel oyiga kelib bosh reja konsepsiyasi taqdimoti 20-maygacha kechiktirilgani ma’lum bo‘ldi.

Iyun oyida esa qurilish vaziri o‘rinbosari Shuhratxo‘ja Hoshimov jurnalistlarning Toshkent shahar bosh rejasi konsepsiyasi nima uchun kechikayotgani haqidagi savolga javob berarkan, bu shahar hokimligining muammosi ekanini ta’kidlagan, shunga qaramay: “Konsepsiya yaqin bir yarim—ikki oy ichida tayyor bo‘ladi”, deb ma’lum qilgan edi. Bu orada Britaniyaning Benoy arxitektura kompaniyasi, yuqorida ta’kidlanganidek, Chirchiqning chap sohilida quriladigan Yangi Toshkentning master-plani loyihasini taqdim etdi (keyinroq shahar hokimligi bu hali tasdiqlanmagan loyiha ekanligini ma’lum qildi).

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 2019-yil may oyida bloger Kirill Altmanga bergan intervyusida bosh reja masalasida shoshilmaslik kerakligini ta’kidlagan edi. 2019-yil iyun oyi oxirida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanlarining birida esa hokim strategiyani belgilashda har doim ham bosh reja lozim deb o‘ylamasligini ta’kidlagan. “Hozir, ko‘pchilik, bosh reja bo‘lsa, hayotimiz osonlashib qoladi, degan tushunchada yuribdi. Ammo, bosh reja iqtisodiy-siyosiy yoxud boshqa sohalarda rivojlanishlarni belgilab beradi, degani emas”, — degandi hokim Ortiqxo‘jayev.

2019-yil oktabriga kelib Toshkent shahar hokimining Toshkent shahar hokimining arxitektura, kapital qurilish va kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Davron Hidoyatov Senatdagi chiqishida ayni vaqtda Turkiya kompaniyasi tomonidan bosh reja loyihasi tayyorlanayotgani, uni 2020-yilda taqdim etish kutilayotganini ma’lum qilgan edi. “O‘ylaymanki, biz keyingi yillarda bosh rejani jamoatchilikka va rahbarimizga taqdim etamiz”, — degandi u.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 12:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют