» » Yangiyo‘l tumanida fuqaroni neft bazaga rahbar etib tayinlash uchun 50 ming dollar so‘ragan IIB mayori ushlandi

Yangiyo‘l tumanida fuqaroni neft bazaga rahbar etib tayinlash uchun 50 ming dollar so‘ragan IIB mayori ushlandi


Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan prokuratura va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda 50 ming dollar pora olgan IIB mayorini qo‘lga oldi. Bu haqda DXX matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani ichki ishlar bo‘limining mayor unvonidagi mas’ul xodimi mahalliy fuqaroni “Chinobod neft baza” MChJning filiallaridan biriga rahbarlikka tayinlanishida yordam berishini aytib, buning uchun undan 50 ming AQSh dollari talab qilgan.

Hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida IIB xodimi kelishilgan puldan 10 ming AQSh dollarini Toshkent shahrida joylashgan Ichki ishlar vazirligi markaziy gospitali yonida olayotgan vaqtida ushlangan.

Hozirda aniqlangan barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari doirasida ushbu noqonuniy ishlarga aloqador bo‘lgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Avvalroq DXX Toshkent viloyatida harbiy qism mayori 3 ming dollar pora bilan ushlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют