» » Rasman: “Bavariya” Leroy Saneni sotib olganini e’lon qildi

Rasman: “Bavariya” Leroy Saneni sotib olganini e’lon qildi


“Manchester Siti” yarim himoyachisi Leroy Sane faoliyatini “Bavariya”da davom ettiradigan bo‘ldi.

Myunxen klubi rasmiy saytining xabar berishicha, futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolangan.

Avvalroq “Bavariya” 24 yoshli xavbek uchun bonuslar bilan birgalikda 60 million yevro to‘lashi va uning maoshi yiliga 17 million yevroni tashkil qilishi haqida xabar berilgandi.

“Bavariya” – juda katta klub bo‘lib, har doim o‘z oldiga ulkan maqsadlarni qo‘yadi va bu maqsadlar menga ham mos. Yangi jamoam bilan tezroq mashg‘ulotlarni boshlamoqchiman.

Hans Flik bilan yaxshi munosabatdaman, biz u bilan U21 jamoasida ishlaganmiz. “Bavariya” bilan imkon qadar ko‘proq g‘alabalar qozonishni va birinchi navbatda Chempionlar Ligasini yutishni xohlayman”, – deydi Sane.

Ma’lumot uchun, Sane “Manchester Siti”da 2016-yildan beri harakat qilib keladi. U “shaharliklar” safida jami 135 ta o‘yin o‘tkazib, 39 ta gol urgan va 45 ta golga golga hammualliflik qilgan.

Mavzuga doir: “Bavariya” PSJ futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют