» » AQSh va Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari Koreya yarim oroli janubida hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni boshlaydi

AQSh va Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari Koreya yarim oroli janubida hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni boshlaydi


Carl Vinson atom aviatashuvchisi boshchiligidagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari jangovar guruhi hamda Yaponiya dengiz mudofaa kuchlarining Asagara va Samidare raketa esminetslari Koreya yarim oroli janubida 23-aprel, yakshanba kuni hamkorlikdagi mashg‘ulotlarni boshlaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Yaponiya mudofaa kuchlari qo‘mondonligiga ko‘ra, ikki davlat kemalari Tinch okeanining g‘arbiy qismida, Filippinda birlashdi.

Mashqlar davomida tomonlar taktik guruhlar tarkibida manyovr qilish va aloqalar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Ular qachon yakunlanishi ma’lum emas, biroq Kyodo agentligi uch kundan besh kungacha cho‘zilishini taxmin qildi.

Ikki davlat kemalari Sharqiy Xitoy dengidan o‘tishi va Yapon dengizida birgalikdagi mashg‘ulotlarni davom ettirishi istisno etilmagan.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют