» » Samarqandda Malibu va MAN to‘qnashishi oqibatida 3 kishi vafot etdi

Samarqandda Malibu va MAN to‘qnashishi oqibatida 3 kishi vafot etdi


Samarqand shahrida 1-iyul kuni Malibu va MAN avtomashinalari o‘rtasida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Tergov departamenti xabar beradi .

Qayd etilishicha, 2020-yilning 1-iyul kuni soat 12:00 da Samarqand tumani “Andijon” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1095 kilometrida 51 yoshli T.T. boshqaruvida bo‘lgan MAN rusumli yuk avtomashinasi va 49 yoshli Z.J. (ayol) boshqaruvida bo‘lgan Malibu rusumli avtomashinalari to‘qnashgan. Oqibatda Malibu avtomashinasining yo‘lovchilari 50 yoshli M.K. (ayol), 51 yoshli J.S. (ayol) va 48 yoshli A.A. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Buxoroda Damas eshak aravani urib yuborishi oqibatida 25 yoshli ayol vafot etgani, Cobalt’ning yuk mashinasiga urilishi oqibatida 3 kishi vafot etgani, Farg‘onada esa Damas’lar ishtirokidagi YTHda haydovchilardan biri vafot etgani, Surxondaryoda esa “VAZ-2101” Malibu bilan to‘qnashib yonib ketib, “Jiguli” haydovchisi va yo‘lovchi ham vafot etgani haqida xabarlar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 73) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют