» » AQSh tashkiloti O‘zbekistonga 600 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi

AQSh tashkiloti O‘zbekistonga 600 ming dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi


Project Hope xalqaro sog‘liqni saqlash tashkiloti (AQSh) koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish doirasida O‘zbekistonga insonparvarlik yordamini yubordi, deb xabar beradi “Dunyo” agentligi.

Uzbekistan Airways’ning maxsus borti orqali 30-iyun kuni umumiy qiymati 600 ming dollarga teng individual himoya vosiyalari, antiseptik va dezinfeksiyalovchi vositalar, 20 mingga yaqin koronavirusni aniqlovchi testlar, shuningdek, defibrillyator va kardiomonitorlar olib kelingan.

Iyul oyining boshlarida Amerikaning Globus Relief notijorat tashkiloti yana 800 ming dollarlik yukni — 2 mingdan ortiq tibbiy buyumlar o‘rin olgan ikkita konteynerni O‘zbekistonga yuborishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, Amerikadagi yana bir nodavlat tashkilot O‘zbekistonning muhtoj aholisiga oziq-ovqat mahsulotlarini — 400 ming dollarlik un, guruch, yog‘, sahakar, tuz va go‘sht mahsulotlarini yuborish bo‘yicha loyihani ishga tushirgan.

Barcha mahsulotlar O‘zbekistondagi bozorlar va supermarketlardan xarid qilinadi hamda butun respublika bo‘ylab tarqatiladi, xususan, Sardobadagi falokatdan jabr ko‘rgan Sirdaryo aholisiga ham.

O‘zbekistonga umumiy qiymati 1,8 million dollarga teng insonparvarlik yordamini ko‘rsatish borasidagi kelishuv respublikaning Vashingtonda bir qator Amerika xayriya tashkilotlari bilan o‘tkazgan uchrashuvlari davomida erishilgan.

Avvalroq O‘zbekistondagi BMT vakolatxonasi Sardobaga 30 ming dollarlik insonparvarlik yordami yuborgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: AQSh Sirdaryoda toshqindan zarar ko‘rgan oilalar uchun insonparvarlik yordami yetkazib berdi (foto)

Bundan tashqari, AQSh hukumati va Xalqaro taraqqiyot agentligi koronavirusga qarshi kurashda O‘zbekistonga yaqindan ko‘mak bermoqda. Xususan, agentlik O‘zbekistonga fevral, mart va aprel oylarida yordam ko‘rsatdi. AQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi (CDC/CAR) Markaziy Osiyo hukumatlarining COVID-19’ga qarshi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 6,8 million dollar ajratdi, buning 2,07 million dollari esa O‘zbekistonga berildi. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar doirasida AQSh hukumati USAID orqali O‘zbekistonga qo‘shimcha 3 million dollar ajratishi ma’lum qilindi. USAID pandemiya vaqtida Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 million dollar ajratadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют