» » Polshaga demokratiya qachon kirib kelgan edi? Rechpospolitaya tarixi

Polshaga demokratiya qachon kirib kelgan edi? Rechpospolitaya tarixi


1569-yil 1-iyul sanasidagi parlament yigilishida Polsha Qirolligi va Litva knyazligi deputatlari ikki davlat birlashuvi haqidagi aktni maqulladi. Daryo aynan shu kuni Sharqiy Yevropada tashkil topgan,oz davrining eng kuchli va demokratik davlatlaridan biri bolgan Rechpospolitaya haqida hikoya qiladi.

XVI asr boshlariga kelib Buyuk Litva knyazligining parchalanishi barchaga ayon bolib ulgurdi. 1522-yilda Moskva bilan muvaffaqiyatsiz kechgan urushdan keyin u oz hududining katta qismini boy berdi: Chernigov va Starodubskiy knyazliklari (hozirgi Ukrainaning shimoli-sharqiy qismi) Moskva buyuk knyazi Vasiliy III qol ostiga otdi.

Shundan song zaiflashgan Litvaga boshqa qoshni davlatlar tomonidan hujumlar uyushtirila boshladi. 1549 va 1552-yillarda Litva Qrimdan kelgan ulkan tatar qoshinlarini bostira olmadi. XVI asrning birinchi yarmida asta-sekin osib borgan inqiroz 15621570-yillarda yana bir bor Moskva bilan harbiy mojarolar boshlangan paytda oz choqqisiga chiqdi. Mashaqqatli kechgan Livoniya jangi yurishida litvaliklar ozlarining davlatchiligini yoqotish va Ivan IV ning qol ostiga otib ketish xavfi mavjud edi.

Bu vaziyatda ular allaqachon uzoq vaqtdan beri aloqalari bolgan polyaklarga murojaat qiladi. Ushbu ikki davlat birlashuvi 1385-yilda litvalik knyaz Yagaylo polyak qirolichasi Yadviga uylanib, Polsha qiroli deb elon qilingandan song, Krev birlashuvi imzolangandan keyin yuz berdi. Ushbu voqea oddiygina tarixiy voqea emas edi, 1413-yilda Gorodel ittifoqi ikki davlatning birlashishga bolgan istagini tasdiqladi.

Bularning barchasini hisobga olgan holda polyaklar malum bir shartlar asosida litvaliklarga harbiy hamda siyosiy yordam vada qildi. Ulardan birinchisi va eng asosiysi shu vaqtga qadar umumiy monarxning ramziy figurasi bilan boglangan Polsha va Litva birlashishi kerak edi. Takidlash joizki, Litvaning bunday istiqboli hammaga ham maqul kelmadi. Litva zodagonlarigaPolsha bilan toliq birlashish va oz ornini Polshaning birinchi raqamli shaxslariga boshatib berish yoqmadi. Ammo Buyuk knyazlikning orta va kichik zodagonlari oz magnatlarining hukmronligiga togri kelmas edi va Polsha zodagonlari bilan teng huquqli foydalanishlaridan umid qilib, polshaliklarning taklifini qollab-quvvatladillar.

1569-yil qirol Sigizmund Avgust Lublinda Seym yigilishi tashkil qildi, u yerda keskin va dramatik kurash kechdi. Tarozi pallasi oz tomoniga ogmayotganini korgan Krishtof Radsvill va Konstantin Ostorskiy boshchiligidagi Buyuk knyazlik magnatlari yigilishni tark etdi. Bunga javobanPolshaga xayrixohlik bildirgan Podoliya, Voliniya va Polesiya kabi kichik hududlar Polshaga qoshilishi elon qilindi. Shu yol bilan isyonkor magnatlar yigilishga qaytarildi. Natijada iyun oyi yakunida birlashish akti tuzilib, 1-iyul sanasida Polsha va Litva deputatlari tomonidan alohida maqullandi. Aynan shu sanadan boshlab Yevropada yangi Rechpospolitaya davlati tashkil topdi.

Yevropada yagona bolgan bu siyosiy tizim szlachta (zodagon sinf) tomonidan hokimiyatni boshqa ijtimoiy sinflari va monarxiya siyosiy tuzumi ustidan nazorati mustahkamlanishi natijasida tashkil topgan. Osha vaqtlarda oliy tabaqa vakillari szlachtani hokimiyatdan agdarolmaydigan darajada imtiyozlar toplagan edi.

Ikki millatning hamdostligi siyosiy doktrinasi bizning davlatimiz qirol boshchiligidagi respublikadir edi. Kansler Jan Zamoyskiy Rex regnat et non gubernat (Qirol hukmronlik qilmoqda, ammo u boshqarmaydi) sozlarini aytib, bu talimotga yakun yasadi.

Hamdostlikda parlament, Seym, shuningdek, Senat va saylangan qirol bor edi. Amaldagi qirol qirol Genrixning aqidasida korsatilgan fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga va saylangan paytida kelishilgan pakta konvensiyalarini hurmat qilishga majbur edi. Har bir yangi qirol Polsha siyosiy tizimining asosi bolgan va diniy bagrikenglikni deyarli misli korilmagan kafolatlarini oz ichiga olgan qirol Genrix aqidalariga boysunishga majbur edi.

Vaqt otishi bilan qirol Genrix qarashlari tanlangan qirollar tomonidan qabul qilingan aniq vadalar pakta konvensiyasi bilan birlashtirildi. Shundan song qirollar zodagonlar bilan samarali sherikchilik yuritdi, ammo ular senatorlar nazoratida edi.

Hamdostlik davlatining siyosiy tizimi Oltin Ozodlik quyidagilarni oz ichiga olgandi:

Togri, bu tizimni odatiy tizimlar qatoriga kiritish qiyin, ammo uni quyidagilar aralashmasi sifatida korish mumkin edi:

Bu Yevropaning kuchli mamlakatlarida absolyutizm rivojlanayotgan asrda kuchli aristokratiya va kuchsiz qirol bilan ajralib turadigan istisno edi, ammo istisno bazi zamonaviy qadriyatlarga ajoyib oxshashlik bilan ajralib turardi. Aksariyat Yevropa davlatlari markazlashtirish, mutlaq monarxiya va diniy-sulolaviy urushga yonaltirilgan bir paytda ushbu mamlakat markazsizlashtirish, konfederatsiya va federatsiya, demokratiya, diniy bagrikenglik va hatto pasifizmni sinab kordi. Seym, odatda, monarxning urush rejalariga veto qoyganligi sababli bu demokratik tinchlik nazariyasi uchun muhim dalil edi.

Mirjalol Qosimov tayyorladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (3-07-2020, 14:41)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 26) ( 3)
:
-
:
20 ... -