» » Britaniya menejment universiteti Sardobadagi favqulodda vaziyatdan aziyat chekkan abituriyentlar uchun grant joylarni taqdim etadi

Britaniya menejment universiteti Sardobadagi favqulodda vaziyatdan aziyat chekkan abituriyentlar uchun grant joylarni taqdim etadi


Britaniya menejment universitetida moliyaviy sharoitlar iqtidorli yoshlarning sifatli oliy ma’lumot olish va rivojlanishlariga to‘sqinlik qilmasligi kerak deb hisoblaydi. Shuning uchun universitet Sirdaryo viloyatidagi bahorgi falokatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hududlardagi (Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlari) kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan yuqori akademik salohiyatga ega abituriyentlar uchun bepul 10 ta grant ajratadi.

Grantlar o‘qish xarajatlarining 100 foizini qoplaydi va talabaning o‘zlashtirishiga qarab 4 yil davomida amal qiladi. Grantga ega bo‘lish uchun 2 bosqichdan o‘tish kerak bo‘ladi.

1-bosqich – Kirish imtihonlarini topshirish uchun ariza berish.

“Britaniya”da grant olishni xohlovchilar uchun kirishga ariza topshirishning oxirgi kuni – 10-iyul. Ariza shaklini Universitet saytining “Ariza” bo‘limida “Apply Now!” tugmasini bosgan holda to‘ldirishingiz mumkin. Ariza topshirgandan keyin abituriyentlar matematika va ingliz tilidan test sinovlaridan o‘tishlari (yoki IELTS ? 5.0 sertifikatini taqdim etishlari) va o‘qituvchilarimiz bilan ingliz tilida suhbatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Iyulning oxirigacha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan barcha abituriyentlar qabul komissiyasining qaroridan xabardor etiladi.

2-bosqich — grantga topshirish va ularni ko‘rib chiqish.

Qabul komissiyasi o‘qishga kirganlikni tasdiqlagandan keyin abituriyentlar 10-avgustgacha grant uchun zarur hujjatlarni taqdim etishlari kerak:

Barcha shaxsiy va moliyaviy ma’lumotlar sinchkovlik bilan tekshiriladi!

Universitetga kirgandan so‘ng, barcha talabalar birinchi o‘quv yilini “Foundation” dasturi bilan boshlashadi. O‘qishning 2-kursidan boshlab talabalar quyidagi mutaxassisliklardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi: “Bank ishi va moliya”, “Moliya va investitsiya”, “Xalqaro moliyaviy hisob va audit”, shuningdek, 4 yo‘nalishning biriga ixtisoslashgan “Biznes boshqaruvi”: “Loyihalarni boshqarish”, “Xalqaro logistika va savdo”, “Raqamli marketing” hamda “Turizm va mehmonxona menejmenti”.

E-mail: info@bmu-tashkent.org

Veb site: www.bmu-edu.uz

Instagram: @bmuedu

Telegram Channel: t.me/bmuedu

Telegram Account: t.me/BMUedubot

Facebook: fb.com/bmuedu

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют