» » Alexandro Gomes A Seriyada XXI asrda hech bir futbolchi qayd eta olmagan natijaga erishdi

Alexandro Gomes A Seriyada XXI asrda hech bir futbolchi qayd eta olmagan natijaga erishdi


“Atalanta” yarim himoyachisi Alexandro Gomes XXI asrda Italiya A Seriyasida bir mavsum davomida 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan birinchi futbolchiga aylandi.

Futbolchi o‘zining 15-uzatmasini A Seriyaning 29-turi doirasida “Napoli”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda (2:0) amalga oshirdi. Ta’kidlash joiz, 2000-yildan keyin A Seriyada to‘p surgan hech qaysi futbolchi bunday natijani qayd etmagan.

Gomes “Atalanta”ga 2014-yilning yozidan beri harakat qiladi. Bu mavsumda 32 yoshli argentinalik futbolchi Italiya chempionatining 28 o‘yinida maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 15 ta golga hammualliflik qildi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.

“Atalanta” 60 ochko to‘plagan holda, musobaqa jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa navbatdagi turda 5-iyul, yakshanba kuni “Kalyari” maydoniga safar qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют