» » “Barselona” Xavi bilan kelishuvga erishdi. Kiki Setyen iste’foga chiqariladi

“Barselona” Xavi bilan kelishuvga erishdi. Kiki Setyen iste’foga chiqariladi


“Barselona” sobiq futbolchisi, hozirda Qatarning “As-Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi keyingi mavsumdan boshlab Kataloniya klubiga ustozlik qilishi mumkin.

Bu haqida Mundo Deportivo jurnalisti Fransesk Agilar o‘zining Twitter’dagi sahifasida xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, “Barselona”ning amaldagi bosh murabbiyi Kike Setyen mavsum oxirida yoki yaqin kunlarda iste’foga chiqariladi, uning vazifasini esa “Barselona B” murabbiyi Garsiya Pimyenta vaqtinchalik bajarib turadi.

“Barselona” prezidenti Xosep Bartomeu Xavini ushbu lavozimga taklif qilishdan oldin bu masalada futbolchilar bilan maslahatlashgan. 40 yoshli Xaviga yiliga 6 million yevro maosh bilan shartnoma taklif qilinishi kutilmoqda.

Avvalroq “Barselona” futbolchilari va Setyen o‘rtasida La Liga 32-turidan o‘rin olgan “Selta”ga qarshi kechgan o‘yindan (2:2) so‘ng mojaro kelib chiqqanligi haqida xabar berilgandi. Futbolchilar murabbiyning ba’zi taktik qarorlaridan norozi bo‘lgan. Bundan tashqari, futbolchilar Setyenning ishlash uslubidan ham qoniqmayotganini bildirgan.

“Barselona” 33-turdan keyin 70 ochko bilan Ispaniya chempionatining turnir jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 1-pog‘onadagi “Real”dan 4 ochkoga orqada.

Mavzuga doir: Samyuel Eto’O: Xavi “Barselona”ga futbol dahosi o‘ynayotgan vaqtda qaytishi kerak



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют