» » Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining mudiri Jahongir Ortiqxo‘jayevga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi

Vazirlar Mahkamasi kotibiyatining mudiri Jahongir Ortiqxo‘jayevga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlandi


Toshkent shahar hokimining 609-sonli qarori bilan poytaxt hokimining axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha o‘rinbosari – departament rahbari tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilgan.

Ushbu lavozimda bugunga qadar Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari kotibiyatining mudiri vazifasida ishlab kelgan Abdullayev Sardor Mahmudjonovich faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, Sardor Abdullayev 1983-yil 27-dekabrda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 2001—2007-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining bakalavriat va magistratura bosqichlarini tamomlagan.

Avval Prezident Shavkat Mirziyoyev 2018-yildan poytaxt hokimi o‘rinbosari — Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Hayot Inog‘omovni Sergeli hududida tashkil qilinadigan Yangi hayot kichik tumani hokimligiga nomzod sifatida taklif etgani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning 21-fevralida Dada-Ali Zufarov Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari — Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib, Furqat Mahmudxo‘jayev esa 28-fevralda Toshkent hokimligi matbuot xizmati rahbari — hokimning axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют