» » Namanganda 2 gektar yer ajratib berish evaziga fuqarodan 8 ming dollar va 20 mln so‘m pul olgan firibgar ushlandi

Namanganda 2 gektar yer ajratib berish evaziga fuqarodan 8 ming dollar va 20 mln so‘m pul olgan firibgar ushlandi


Namangan viloyatida fuqaro ishonchiga kirib, unga 2 gektar yer ajratib berishni va’da qilgan shaxs ushlandi, deya “Daryo”ga xabar berdi Bosh prokuratura.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.B. firibgarlik yo‘li bilan daromad orttirish maqsadida fuqaro A.ning ishonchiga kirib olgan.

M.B. A.ga tumandagi “B.” fermer xo‘jaligidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 2 gektar yer maydoni ajratishni tanishlari orqali hal qilib berish evaziga 8000 AQSh dollari va 20,4 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro M.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi (Firibgarlik) va 28,211-moddasi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 18:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют