» » 90-yillarning mashhur xonandasi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytmoqda

90-yillarning mashhur xonandasi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan so‘ng sahnaga qaytmoqda


90-yillar o‘zbek san’atining yorqin namoyondasi, o‘z davrining eng xit taronalari ijrochisi Mohira Asadova 25 yillik tanaffusdan keyin yana katta sahnaga qaytishi kutilmoqda. Bu haqda madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

“Ko‘plab ijtimoiy tarmoqlarda hamda saytlarda Mohira Asadova va uning ijod faoliyati, shuningdek, litsenziyasi bo‘lishiga qaramasdan unga bo‘lgan turli xil ‘qarshiliklar’ haqida ko‘plab fikrlar va mulohazalar ko‘paymoqda.

Mana shu masalalarga oydinlik kiritish hamda ijobiy yechim topish maqsadida yaqinda madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Mohira Asadova bilan uchrashdi. Bo‘lib o‘tgan samimiy suhbatda uzoq yillardan buyon javobsiz qolgan savollar o‘z javobini topdi.

Ko‘plab respublika va xalqaro ko‘rik-tanlovlar g‘olibi bo‘lgan Mohira Asadova hozirgi kunda butun dunyoda davom etayotgan pandemiya davridan keyin san’at saroylarida jonli konsert berishi hamda ijod faoliyatini davom ettirishi va uni xalqqa namoyish etishida hech qanday to‘sqinliklar bo‘lmasligi aytib o‘tildi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют