» » Ukraina TIV YeXHT mashinasining portlashiga izoh berdi

Ukraina TIV YeXHT mashinasining portlashiga izoh berdi


Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin hukumat nazoratidan tashqaridagi hududda YeXHT mashinasining portlab ketishini sinchiklab taftish qilish zarurligini ta’kidladi. Bu haqda u Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

“Okkupatsiya ostidagi hududda YeXHT maxsus monitoring komissiyasi avtomobili bilan ro‘y bergan fojiani maksimal darajada sinchiklab taftish qilish, komissiya xavfsizligini hamda mandat bo‘yicha harakat erkinligini ta’minlash zarur”, — degan yozuv qoldirdi amaldor o‘z sahifasida.

Shuningdek, Klimkin halok bo‘lgan komissiya a’zosining oilasiga hamdardlik bildirdi.

Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, komissiya tarkibidagi AQSh fuqarosi halok bo‘ldi, shuningdek, bir qancha Germaniya fuqarolari jarohat oldi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют