» » MMA jangchisi Sergey Xaritonov: Abulmanap Nurmagomedov munosib hayot kechirdi, u bilan faxrlanamiz

MMA jangchisi Sergey Xaritonov: Abulmanap Nurmagomedov munosib hayot kechirdi, u bilan faxrlanamiz


Rossiyalik MMA jangchisi Sergey Xaritonov marhum Abdulmanap Nurmagomedov haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avvalroq yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedovning otasi vafot etgani ma’lum bo‘lgandi. Murabbiy bir necha oydan buyon koronavirus va yuragidagi muammolar sabab shifoxonada yotgandi.

“Abdulmanap ko‘plab mashhur va saviyali yakkakurashchilarni, shu jumladan o‘g‘li — Habibni yetishtirdi. Uning o‘limi haqidagi xabar men uchun kutilmagan hodisa bo‘ldi.

Nurmagomedov munosib hayot kechirdi, shogirdlari va farzandlari u bilan faxrlanadi. Ularning ichida men ham borman. Uni yaxshi odam sifatida bilaman, u samimiy suhbatdosh edi. Uning yaqinlariga hamdardlik bildiraman”, — deydi Xaritonov.

Mavzuga doir: Abdulmanap Nurmagomedovning o‘limiga nima sabab bo‘lgani ma’lum qilindi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют