» » Toshkentda 77 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 29 nafarga yetdi

Toshkentda 77 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 29 nafarga yetdi


Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan va saraton kasalligidan davolanib kelgan bemor vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Toshkentda yashovchi 77 yoshli N. G. ismli ayol shu yilning 7-iyunidan 16-iyungacha Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

Shu yilning 23-iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

Bemorga Sog‘liqni saqlash vazirligining qator yo‘nalishlari bo‘yicha bosh mutaxassislari va Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazorati ta’minlangan.

2-iyul kuni standartlar asosida ko‘rsatilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak qon-tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

Toshkentlik 77 yoshli ayol O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 29-bemor bo‘ldi.

2-iyul kuni Toshkentda yana bir bemor koronavirusdan vafot etgan. Uning o‘limi haqidagi xabarni ham SSV 3-iyul kuni berdi.

Bungacha O‘zbekistonda 28 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют