» » Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babarikoga qaysi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi

Belarus prezidentligiga nomzod Viktor Babarikoga qaysi moddalar bo‘yicha ayblov e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi


Belarusda prezidentlikka nomzod hisoblangan va hisbda saqlanayotgan Viktor Babarikoga nisbatan mamlakat Jinoyat kodeksining uchta moddasi: pul yuvish, soliqlarni chetlab o‘tish va pora olish jinoyatlari bo‘yicha ayblovlar e’lon qilingan. Bu haqda “Interfaks” xabar qildi.

Minsk shahar sudida 2-iyul kuni Babarikoni himoya qilayotgan tomonning uning hibsda saqlanishining qonuniyligi bo‘yicha apellyatsiya shikoyati ko‘rib chiqilgan.

Sobiq bank rahbariga nisbatan apellyatsion tartibda uchta modda bo‘yicha ayblov e’lon qilingani haqida sud qarori qabul qilingan.

Ayblovga ko‘ra, prezidentlikka nomzodning o‘g‘li va uning saylov shtabi rahbari Eduard Babariko Belarus Jinoyat kodeksining “Katta miqdordagi soliqlarni to‘lashdan bosh tortish” moddasi bo‘yicha ayblanmoqda.

30-iyunda Minsk markaziy tuman sudi Babarikoning shikoyatini ko‘rib chiqib, uni garov evaziga ozod qilishni rad etgandi. Himoya tomoni ushbu qarorni Minsk shahar sudiga apellyatsiya berib o‘zgartirmoqchi ekanini ma’lum qilgan.

Mavzuga doir: Belarusda prezidentlik saylovi atrofida nimalar yuz bermoqda?

Babariko va uning o‘g‘li Eduard 18-iyunda hibsga olingan. Belarus davlat nazorati qo‘mitasi prezidentlikka nomzodini qo‘ygan sobiq bank rahbarini jinoiy guruh tashkilotchisi va rahbari bo‘lganini qayd etgan. Babariko va uning o‘g‘li hisbga olingach, advokatlarning ular yoniga kirishiga yo‘l qo‘yilmagan.

19-iyunda bosh prokuror Aleksandr Konyuk “Belgazprombank” ishi qatnashchilari mamlakat milliy xavfsizligi manfaatlariga iqtisodiy hamda boshqa sohalar bo‘yicha ham zarar yetkazganini ta’kidlagan.

Shuningdek, shu kuni Belarusdagi inson huquqlari himoyachlari Babarikoni siyosiy mahbus deb topgan. Yevroittifoq Belarus hukumatidan Babarikoni ozod qilishni so‘ragan.

Avval Babariko advokati axborotda ayblov e’lon qilingani, biroq mijozining qaysi modda bo‘yicha ayblanayotgani oshkor etilmaganini bildirgan. Keyinroq kichik Babarikoga ham ayblov e’lon qilingandi.

Mavzuga doir: Lukashenko Belarus konstitutsiyasini o‘zgartirish bo‘yicha referendum o‘tkazishni va’da qildi. U mamlakatning asosiy qonunini ikki marta o‘zgartirgan



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-07-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют