» » O‘zbekistonda 3-iyul kuni 318 kishida koronavirus aniqlanib, rekord yangilandi. Ikki kishi vafot etdi

O‘zbekistonda 3-iyul kuni 318 kishida koronavirus aniqlanib, rekord yangilandi. Ikki kishi vafot etdi


O‘zbekistonda 2-iyul soat 23:30 dan 3-iyul soat 23:30 ga qadar koronavirus yuqtirib olish bilan bog‘liq 318 ta holat qayd etildi. O‘zbekistonda bir kun ichida koronavirusga chalinganlar soni birinchi marta 300 nafardan oshdi. Tabiiyki, 3-iyuldagi ko‘rsatkich yangi rekord hisoblanadi. Bungacha 2-iyul kuni 297 kishida koronavirus aniqlanishi rekord natija bo‘lib turgandi. Yangi qayd etilgan holatlardan so‘ng O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 9396 nafarga yetdi.

Yangi kasallanganlarning

Kun davomida 6 ta hududda yangi kasallanganlar qayd etildi. Ushbu hududlarning 3 tasida aholi orasida koronavirus aniqlandi. Aholi orasida kasallanish holatlari bir kun oldingiga qaraganda 2,5 baravarga (113 tadan 45 taga) kamaydi. Xalqaro yuk mashinasi haydovchilari orasida xuddi 29-iyunda bo‘lgani kabi birontayam yangi holat qayd qilinmadi.

Surxondaryo viloyatida kun davomida 69 ta yangi holat qayd etildi. Bu ko‘rsatkich viloyat uchun rekord hisoblanadi. Avvalgi rekord ko‘rsatkich 27-iyun kuni 26 kishida kasallik aniqlanganda o‘rnatilgandi. Bu orada esa viloyatda yangi kasallanish holatlari qayd etilmagandi. 3-iyul kuni viloyatda aniqlangan holatlarning barchasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olinganlar orasida aniqlangan. Bir kun ichida Surxondaryoda kasallanganlar soni 68 foizga (101 nafardan 169 nafarga) oshib ketdi.

3-iyul kuni tibbiyot muassasalarida 217 nafar fuqaro (Toshkent shahrida 212 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar) sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 9396 nafar bemordan 6251 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 66 foizni tashkil etmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 28-iyundan 1-iyulgacha 7 ta o‘lim holati haqida ma’lum qildi. Ammo 2-iyul sanasida koronavirusdan vafot etish bilan bog‘liq yangi holatlar haqida xabar berilmadi. Aslida shu kuni Toshkentda bir erkak va bir ayol kasallik asoratlaridan vafot etgan ekan.

Birinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. ismli erkak 2-iyul kuni o‘ta og‘ir holatda Toshkentdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemor oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan.

2-iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.

Ikkinchi o‘lim. Toshkent shahrida yashovchi 77 yoshli N.G. ismli ayol bilan 2020-yilning 7-iyunidan 16-iyunigacha Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida yurak ishemik, gipertoniya, qon aylanish yetishmovchiligi, o‘ng sut bezi saratoni, ikki tomonlama bronxopnevmoniya, o‘pka shishi tashxisi bilan davolangan.

23-iyun kuni unda koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan va ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

U oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik, gipertoniya va onkologik xastalik kabi qator tashxislar bilan davolanib kelgan.

2-iyul kuni bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘lim holatlarini nima uchun bir sutkadan keyin e’lon qilgani sababi noma’lum. Lekin vazirlik so‘nggi vaqtlarda koronavirusdan vafot etayotgan bemorlar qaysi kuni olamdan o‘tayotganiga aniqlik kiritmayotgandi. Bemorlar vafot etgan sanalar boshqa manbalardan chiqib kelayotgandi. 20-bemorning o‘limi 5 kun o‘tib, 21-bemorning o‘limi 2 kun o‘tib, 27-bemorning o‘limi 2-kun o‘tib e’lon qilingani ma’lum bo‘ldi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3116 nafar bemordan 16 nafari og‘ir, 8 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Hozirda O‘zbekistonda uy karantinida 41 926 nafar, statsionar karantinda esa 22 438 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.

Xabar to‘ldirilmoqda



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 00:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют