» » AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirdi

AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirdi


COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi SARS-Cov-2 koronavirusi mutatsiyaga uchragan taqdirda yanada yuqumli bo‘lishi mumkin. Bu haqda AQSh Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauchi JAMA Netwok tibbiy jurnaligi bergan intervyuda ma’lum qilgan.

“Aftidan, muayyan mutatsiya virusni yuqumliroq bo‘lishiga olib kelishi mumkin”, — deydi Fauchi. Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda olimlar bu xususda bahslashmoqda, ammo mavjud ma’lumotlar virusning mutatsiyaga uchrashi ehtimolini, bu esa uning replikatsiyasini tezlashtirishini ko‘rsatmoqda.

Shu bilan birga, AQSh bosh infeksionisti shifokorlarda hozircha bunday mutatsiya natijasida virus yuqtirgan odam uchun yanada xavfli bo‘lib, sog‘lig‘i uchun jiddiyroq oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida dalillar yo‘qligini ta’kidlagan.

Avvalroq Entoni Fauchi AQShda koronavirusga chalinganlar soni kuniga 100 ming kishiga yetishi mumkinligidan ogohlantirgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 06:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 52) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют