» » Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 milliondan oshib ketdi

Dunyo bo‘yicha koronavirus bilan kasallanganlar soni 11 milliondan oshib ketdi


Butun dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalingan odamlar soni 11 million kishidan oshdi. Bu haqda pandemiya davridagi statistik axborotlarni berib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ayni vaqtda dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 11 045 713 kishini tashkil etmoqda.

COVID-19 bilan kasallanish holatlarining aksariyati AQSh (2,79 million), Braziliya (1,5 million), Rossiya (666,9 ming), Hindiston (625,5 ming) hamda Peru (295,6 ming) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hozirga qadar butun dunyoda 524,5 mingdan ortiq odam koronavirus qurboniga aylangan. Xususan, AQShning o‘zida 129,4 ming odam koronavirus oqibatida vafot etgan bo‘lsa, Braziliyada ushbu ko‘rsatkich 61,8 mingga, Buyuk Britaniyada esa 44,2 mingga teng.

2020-yil 7-iyunda COVID-19’dan vafot etganlar soni dunyo miqyosida 400 ming nafardan oshib ketgani, 8-iyun kuni esa koronavirus bilan kasallanganlar soni dunyo miqyosida 7 million nafardan, 16-iyunda COVID-19’ga chalingan bemorlar soni 8 milliondan ortib ketgan, 23-iyunda 9 milliondan, 28-iyun kuni esa 10 million nafardan oshganligi to‘g‘risida xabar berilgandi..



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 11:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют