» » Abdulmanap Nurmagomedovning dafn marosimida 10 kishi ishtirok etdi. Nurmagomedovlar oilasida ko‘pchilik koronavirusga chalingan

Abdulmanap Nurmagomedovning dafn marosimida 10 kishi ishtirok etdi. Nurmagomedovlar oilasida ko‘pchilik koronavirusga chalingan


UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedovning dafn marosimida 10 kishi ishtirok etdi. Bu haqida Kirovaul qishlog‘i oqsoqoli Ilyos Xaziyev ma’lum qilgan.

“Tuman rahbari, Nurmagomedovning aka-ukalari keldi. Dafn marosimida ko‘p odam to‘planishiga ruxsat yo‘q.

Nurmagomedovlarning ko‘pchiligi koronavirusga chalingan, shuning uchun ular dafn marosimida ko‘p odam to‘plamaslikka qaror qilgan. Dafn marosimida o‘nga yaqin odam, faqat eng yaqin qarindoshlar qatnashdi”, — deydi Xaziyev.

Avvalroq Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Abdulmanap Nurmagomedov vafot etganini ma’lum qilgandi. Mutaxassis may oyining boshlarida Moskvadagi shifoxonaga joylashtirilgandi. Unda koronavirus borligi aniqlangan, shuningdek, Nurmagomedovlarning kattasida yurak bilan muammolar kuzatilgan.

Keyinroq Habib otasining ahvoli haqida xabar bergan va unda koronavirus ortda qolgan, biroq vaziyat jiddiy ekanini ta’kidlagandi.

Ta’kidlanishicha, Abdulmanap Nurmagomedov ikki bor insultni boshdan kechirgan va koma holatidan chiqa olmagan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют