» » O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 19-iyulgacha amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonliklarni xorijdan olib kelish bo‘yicha 19-iyulgacha amalga oshiriladigan charter reyslar ro‘yxati e’lon qilindi


O‘zbekiston Transport vazirligi 6-iyuldan 19-iyulga qadar fuqarolarni xorijdan olib kelish bo‘yicha charter reyslar ro‘yxatini taqdim etdi.

Ta’kidlanishicha, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun navbatdagi charter reyslarining jadvali tasdiqlangan. Unga ko‘ra joriy yilning 6-iyuldan 19-iyul kunlari davomida 19 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar olib kelinadi.

6—12-iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

13-iyuldan 19-iyul kunlariga belgilangan reyslar jadvali:

Avvalroq Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq xorijdagi fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish uchun 2020-yilning 22-iyunidan 5-iyuligacha 21 ta charter reys amalga oshirish rejalashtirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Uzbekistan Airways’ning 2020-yil oxirigacha sotilgan chiptalar puli 1-iyuldan vaucher ko‘rinishida qaytariladi

Eslatib o‘tamiz, 13-maydan 24-maygacha xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 12 ta reys amalga oshirish belgilangan va rejaga asosan amalga oshirilgandi. 25—31-may kunlari 8 ta charter reys orqali Rossiya va Turkiyadan jami 2118 nafar fuqaro O‘zbekistonga olib kelinishi xabar qilingandi. Shuningdek, 1—7-iyun kunlari xorijdagi o‘zbekistonliklarni olib kelish uchun 9 ta charter qatnovi, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida 20 ta charter reys amalga oshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют