» » AQShda bir kunda 57,5 ming kishida koronavirus aniqlandi. Sutkalik rekord yangilandi

AQShda bir kunda 57,5 ming kishida koronavirus aniqlandi. Sutkalik rekord yangilandi


AQShda oxirgi 24 soat ichida 57,5 ming kishida koronavirus aniqlangan. Bu nafaqat mamlakat uchun, balki pandemiya davridagi eng yuqori sutkalik rekord hisoblanadi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

AQSh yuqumli kasalliklar bo‘yicha bosh mutaxassisi bu raqamlar kuniga 100 minggacha ortishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

Mavzuga doir: AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirdi

Qayd etish joizki, so‘nggi to‘qqiz kun ichida AQShda koronavirusga tegishli kunlik rekord yettinchi marta yangilandi.

AQShda yangi holatlar bo‘yicha oxirgi rekord ko‘rsatkich 3-iyul kuni qayd etilgan edi. O‘shanda virus bilan kasallanganlar 55,2 ming kishini tashkil etgan.

Shuningdek, AQShda oxirgi sutkada koronavirusdan 635 kishi vafot etdi. Bu boradagi rekord 21-aprel kuni — 2 749 ta o‘lim holati bilan qayd etilgan.

Jons Hopkins universitetining 4-iyun soat 13:00 dagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda koronavirus bilan kasallanganlar soni 2 795 072 kishini tashkil qilmoqda. Bemorlarning 790 404 nafari sog‘aygan, 129 437 nafari esa vafot etgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют