» » Ravshan Haydarov “Surxon”ga bosh murabbiy bo‘ldi

Ravshan Haydarov “Surxon”ga bosh murabbiy bo‘ldi


O‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi “Surxon” futbol klubida ish boshlaydigan bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ravshan Haydarov rasman “Surxon” futbol klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

“Ishonamizki, Ravshan Haydarov o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlab, Surxondaryo futboli ravnaqiga ham o‘z hissasini qo‘shadi”, — deyiladi xabarda.

Hozircha shartnomaning tafsilotlari ma’lum qilinmagan. Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Surxon” bosh murabbiyi Bahrom Haydarov iste’foga chiqarilgandi. Ammo uning klub tizimida qolishi xabar qilingandi.

“Surxon” Сoсa-Сola Superliga 7-turidan keyin 4 ochko bilan 12-o‘rinda bormoqda.

Ma’lumot uchun, Ravshan Haydarov murabbiylik faoliyatini Toshkentning “Traktor” klubida boshlagan. Shuningdek, u uzoq yillar davomida “Paxtakor” klubi tizimida akademiya bosh direktoriligidan tortib to asosiy jamoa bosh murabbiyligigacha bo‘lgan lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2002—2005-yillarda O‘zbekiston milliy terma jamoasiga ham ustozlik qilgan. Terma jamoa uning qo‘l ostida Osiyo Kubogi—2004 da chorak final bosqichiga qadar yetib borgan. Uning so‘nggi ish joyi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bo‘lib turgan edi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют