» » Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi

Tojikistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning qator viloyatlarida sezildi


Favqulodda vaziyatlar vazirligi Respublika seysmoprognostik monitoring markazi xabariga ko‘ra, 4-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:52 da Tojikistonda zilzila yuz berdi.

Zilzila koordinatalari: 38,92 gradus shimoliy kenglik; 70,99 gradus sharqiy uzunlik. Toshkentgacha masofa 301 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishda joylashgan bo‘lib, magnituda — 5,5, chuqurlik — 10 kilometr.

Zilzila O‘zbekistonning quyidagi hududlarida qayd etilgan:

Eslatib o‘tamiz, iyun oyida qo‘shni mamlakatda sodir bo‘lgan zilzilalarning to‘rttasi O‘zbekiston hududida qayd etildi. Xususan, 12-iyun kuni Qirg‘izistondagi zilzila kuchi Andijonda, 16-iyun kuni Tojikiston va Afg‘onistonda, shuningdek, 27-iyun kuni Afg‘onistonda yuz bergan zilzila kuchi O‘zbekistonning bir qator viloyatlarida sezilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют