» » Key-Liga. Doston Tursunov jamoasi 6 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi, Aliboyevning “Seul”i jangovar durang qayd etdi

Key-Liga. Doston Tursunov jamoasi 6 ta gol urilgan o‘yinda g‘alaba qozondi, Aliboyevning “Seul”i jangovar durang qayd etdi


Futbol bo‘yicha Janbuiy Koreya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan 4-iyul, shanba kungi o‘yinlar o‘z nihoyasiga yetdi.

O‘zbekistonlik himoyachi Doston Tursunovning jamoasi “Kanvon” maydoniga safar qildi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yin “Pusan Ay Park”ning g‘alabasi bilan tugadi. Mazkur bahsni Tursunov o‘tkazib yubordi.

“Seul” esa “Suvon” maydonida mehmon bo‘ldi. Qiziqarli kechgan bahsda jamoalar jangovar durang qayd etdi. Birinchi bo‘limning o‘zida muxlislar to‘rtta gol guvohiga aylandi. Adam Taggartning dubli va Kim Gon Hining gollariga poytaxtliklar Park Chu Yonning aniq zarbasi bilan javob qaytardi. Ikkinchi bo‘lida “Seul” yana ikkita to‘p kiritishga erishdi.

Mazkur bahsda seulliklar klubining o‘zbekistonlik futbolchisi Ikrom Aliboyev to‘liq harakat qildi.

Key-Liga

10-tur bahslari

4-iyul, shanba

Gollar: 0:1 – 10 Li Jon Hyop, 1:1 – 15 Jo Je Van, 1:2 – 60 Li Don Jun, 1:3 – 64 Li Don Jun, 2:3 – 74 Han Guk Yon, 2:4 – 85 Kim Jin Gyu.

Gollar: 1:0 – 11, penalti Taggart, 1:1 – 28 Pak Chu Yon, 2:1 – 42 Taggart, 3:1 – 45 Kim Gon Hi, 3:2 – 57 Jo Yon Uk, 3:3 – 61 Ko Kvan Min.

Gollar: 1:0 – 15 Li Chhon Yon, 2:0 – 20 Junior Negao, 2:1 – 34 Mugosha, 3:1 – 44 Junior Negao, 4:1 – 78 Junior Negao.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют