» » Foto: Jizzaxda Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 3 nafari jonlantirish bo‘limida

Foto: Jizzaxda Nexia va Damas to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi, yana 3 nafari jonlantirish bo‘limida


Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida Nexia va Damas rusumli avtomashinalar o‘rtasida ikki kishining o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi, deya xabar beradi Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2020-yil 02-iyul kuni soat 15:00 larda G‘allaorol tumani “Oqtom” MFY hududidan o‘tgan 4R-40 G‘allaorol–O‘smat yo‘lining 40-kilometrida 35 yoshli B.R. Nexia rusumli avtomashinani G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotib, avtomobil boshqaruvini yo‘qotgan.

Oqibatda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 37 yoshli O.X. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina bilan to‘qnashib, yo‘l transport hodisasini sodir etgan.

YTH natijasida Damas yo‘lovchilari 42 yoshli E.S. va 47 yoshli Sh.E. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Nexia haydovchisi B.R., yo‘lovchisi 28 yoshli F.A. va 15 yoshli B.N. G‘allaorol tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mavzuga doir: 

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Toshkentda Spark to‘satdan yo‘lga chiqib qolgan 2 yoshli bolani urib ketishi oqibatida bolakay vafot etgani xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 18:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют