» » Suriya harbiylari Xama provinsiyasidagi Xalfaya shahrini terrorchilardan ozod etdi

Suriya harbiylari Xama provinsiyasidagi Xalfaya shahrini terrorchilardan ozod etdi


Suriya armiyasi harbiylari Damashqdan 220 kilometr uzoqlikda joylashgan Xama provinsiyasi shimolidagi Xalfaya shahrida bo‘lgan terrorchi guruhlarning yirik istehkomini vayron qildi. Bu haqda, harbiy qo‘mondonlik vakili so‘zlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, hukumat kuchlari istehkom atrofidagi sakkizta aholi yashash punktini ham ozod qilgan.

“Olib borilgan operatsiya davomida yuzlab terrorchilar, uchta tank va 38 ta harbiy transport vositasi, qurollar va o‘q-dorilar omborxonalari yo‘q qilindi”, — dedi qo‘mondonlik vakili.

“Suriya al-An” portali axborotiga ko‘ra, Xalfaya ostidagi operatsiyada “Jaysh al-Izza” ekstremistik guruhi yetakchisi Ali Jamol as-Saba’ halok bo‘lgan.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют