» » Eron yanvar oyida urib tushirilgan Boeing qurbonlarining yaqinlariga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi

Eron yanvar oyida urib tushirilgan Boeing qurbonlarining yaqinlariga kompensatsiya to‘lashga rozi bo‘ldi


Eron hukumati “Ukraina xalqaro avialiniyalari” (MAU) samolyotining falokati oqibatida halok bo‘lganlarning oilasiga kompensatsiya to‘lab beradi. Bu haqda Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Lindega tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

“Biz Eron qurbonlarning yaqin qarindoshlariga kompensatsiya to‘lash bo‘yicha muzokara o‘tkazishi bo‘yicha kelishuvni imzoladik”, — deydi Linde.

Ammo TIV rahbari kompensatsiya miqdori va qachon to‘lanishi to‘g‘risida ma’lumot bermagan.

Eslatib o‘tamiz, 8-yanvar kuni Tehron—Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha parvoz qilgan Boeing 737-800 samolyoti Eron poytaxti yaqinida falokatga uchragandi. Fojia oqibatida dunyoning yetti davlatidan bo‘lgan 176 kishi halok bo‘lgan.

12-yanvar kuni Islomiy inqilobiy muhofizlari korpusi Ukraina samolyoti halokati uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan. Keyinroq samolyotni urib tushirgan Eron fuqarosi qamoqqa olingani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir: Video: Eronda Ukraina samolyotiga berilgan ikkita raketa zarbasi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 19:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют