» » Kanada Rossiya bombardimonchilarini ushlab olish uchun qiruvchilarini uchirdi

Kanada Rossiya bombardimonchilarini ushlab olish uchun qiruvchilarini uchirdi


Kanada harbiy-havo kuchlari qiruvchilari 2015-yildan beri ilk bor joriy yilning 20-aprel kuni Rossiyaning ikki strategik bombardimonchi samolyoti Tu-95 ga (“Ayiq”) hamrohlik qilish uchun samoga ko‘tarildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Kanada Qirollik harbiy-havo kuchlarining CF-18 Hornet qiruvchi-bombardimonchilari Rossiya samolyotlarini Kanadaning shimoliy sohillari havosida tutib oldi.

Shimoliy Amerika havo-kosmik mudofaasining Amerika-Kanada birlashgan qo‘mondonligi vakili mayor Jennifer Stadnik Rossiyaning “Ayiq”lariga hamrohlik qilish uchun AQSh harbiy-havo kuchlarining F-22 qiruvchilari ham uchirilganini ma’lum qildi. Ushbu qiruvchilarning bazasi Alyaska chegaralarida joylashgan.

Ta’kidlanishicha, o‘tgan haftada Rossiya harbiy samolyotlari AQSh yoki Kanada havo sathiga to‘rt marotaba yaqinlashgan.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют