» » Saratondan himoyalovchi eng mashhur mahsulot nomi ma’lum qilindi

Saratondan himoyalovchi eng mashhur mahsulot nomi ma’lum qilindi


Tibbiyot fanlari nomzodi Mixail Ginzburg saratondan himoya qiluvchi va xotirani mustahkamlaydigan oddiy va barchaga ma’lum mahsulot nomini e’lon qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Samara Dietologiya va dietoterapiya ilmiy-tadqiqot instituti mutaxassisining ta’kidlashicha, oddiy no‘xat bir qator foydali xususiyatlarga ega. Olimning so‘zlariga ko‘ra, uning tarkibidagi oqsil va kremniy kollagen va elastin sintezida ishtirok etadi. Ushbu moddalar terini yoshartirish, suyaklar va bo‘g‘imlar mustahkamligida muhim rol o‘ynaydi.

No‘xatdan onkologik kasalliklar profilaktikasi sifatida ham foydalansa bo‘ladi, undagi nikotin kislota qon tomirlari devorlarini himoya qiladi va yoshga bog‘liq kasalliklarning oldini olishda muhim.

B1 vitamini markaziy nerv tizimi va bosh miyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mahsulot kaloriyaviyligining pastligi va o‘simlik oqsilining mavjudligi esa ozishga yordam beradi.

Mutaxassisning qayd etishicha, no‘xatdagi meteorizm (ichaklarda ortiqcha gaz to‘planishi) uning kamchiligi hisoblanadi, biroq dukkakli o‘simliklarni muntazam iste’mol qilish bu kabi ta’sirni kamaytiradi.

Avvalroq Britaniyada saratonning davolab bo‘lmaydigan shakliga qarshi dori vositasi yaratilgani ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют