» » A Seriya. “Yuventus” Turin derbisida yirik hisobda zafar quchdi, Ronaldudan super gol

A Seriya. “Yuventus” Turin derbisida yirik hisobda zafar quchdi, Ronaldudan super gol


Futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 30-turida “Yuventus” o‘z maydonida 4-iyul, shanba kuni “Torino”ni qabul qildi.

Uchrashuvning 3-daqiqasida Paulo Dibala maydon egalarini oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 29-daqiqada Xuan Kuadrado jamoasining ikkinchi golini urdi. Birinchi bo‘limga hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Andrea Belotti penaltini aniq bajarib, hisobni qisqartirishga erishdi.

“Keksa sinyora” ikkinchi bo‘limda yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 61-daqiqada Krishtianu Ronaldu jarima zarbasini qoyilmaqom bajargan bo‘lsa, o‘yin yakunlanishi arafasida Koffi Jiji o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi.

Ushbu g‘alabadan keyin “Yuventus” ochkolarini 75 taga yetkazib oldi va peshqadamlikni mustahkamladi. Keyingi o‘rindagi “Latsio”da 68 ochko bor va jamoa ushbu turda “Milan” bilan kuch sinashadi.

A Seriya

30-tur bahsi

4-iyul, shanba

Gollar: 1:0 – 3 Dibala, 2:0 – 29 Kuadrado, 2:1 – 45+6, penalti Belotti, 3:1 – 61 Ronaldu, 4:1 – 87, avtogol Jiji.

“Yuventus”: Buffon, Danilo, de Ligt, Bonuchchi, Bentankur, Kuadrado, Rabyo, Pyanich (Matyuidi, 49), Bernardeski (Duglas Kosta, 55), Dibala (Iguain, 80), Ronaldu.

“Torino”: Sirigu, de Silvestri (Edera, 80), Bremer (Jiji, 84), Voynovich, Ayna (Ansaldi, 84), Berenger, Meyte, Verdi (Milliko, 68), Lukich, Itsso, Belotti.

Ogohlantirishlar: Bonuchchi (26), Pyanich (39), de Ligt (45), Itsso (58), Ayna (60), Dibala (70).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-07-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 77) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют