» » A Seriya. “Milan” safarda “Latsio”ga javobsiz uchta gol urdi

A Seriya. “Milan” safarda “Latsio”ga javobsiz uchta gol urdi


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 30-turida “Milan” 4-iyul, shanba kuni “Latsio” maydonida mehmon bo‘ldi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Hoqon Chalxono‘g‘lu milanliklarni oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada esa Zlatan Ibragimovich penaltini aniq bajargan holda, hisobni oshirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Ante Rebich mehmonlarning uchinchin golini urdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Milan” 46 ochko bilan 6-o‘ringa ko‘tarildi. “Latsio” esa 68 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Rimliklar peshqadam “Yuventus”dan 7 ochko ortda qolmoqda.

A Seriya

30-tur bahsi

4-iyul, shanba

Gollar: 0:1 – 23 Chalxono‘g‘lu, 0:2 – 34, penalti Ibragimovich, 0:3 – 59 Rebich.

“Latsio”: Strakosha, Gabarron, Acherbi, Radu (Vavro, 55), Latssari, Milinkovich-Savich (Anderson, 67), Leyva (Adekane, 46), Parolo, Xoni Rodriges (Lukaku, 55), Luis Alberto, Korrea (Kataldi, 64).

“Milan”: Donnarumma, Konti (Kalabriya, 72), Kyer, Romanyoli, Teo, Kessie (Bigliya, 86), Bennaser, Salemakers, Bonaventura (Krunich, 71), Chalxono‘g‘lu (Lukas Paketa, 38), Ibragimovich (Rebich, 46).

Ogohlantirishlar: Lukaku (78), Lukas Paketa (81).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 03:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют