» » JSST: “Bir qator davlatlarda koronavirusning ikkinchi eng yuqori cho‘qqisi kuzatilmoqda”

JSST: “Bir qator davlatlarda koronavirusning ikkinchi eng yuqori cho‘qqisi kuzatilmoqda”


Ayrim davlatlarda koronavirus bilan kasallanishning yangi cho‘qqisi kuzatilmoqda. Bu haqda Jenevada o‘tkazilgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sog‘liqni saqlash sohasida favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi direktori Maykl Rayan ma’lum qildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.

Uning ta’kidlashicha, bu kasallikning ikkinchi to‘lqini emas, balki COVID-19’ning ikkinchi eng yuqori cho‘qqisi hisoblanadi.

“Ikkinchi to‘lqin sodir bo‘lishiga ishonch yo‘q. Bu koronavirus va respirator viruslar haqida bilgan ma’lumotlarimizga asoslangan ilmiy taxmin. Hozirda ko‘plab davlatlarda sodir bo‘layotgan narsa — ikkinchi to‘lqin emas. Bu birinchi to‘lqinning ikkinchi eng yuqori cho‘qqisi bo‘lib, virusning ushbu davrda tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun u yetarli darajada yakson etilmaganini bildiradi”, — deydi Rayan.

BMT vakilining tushuntirishicha, kasallikning yangi cho‘qqisi virusning endemikligi ortishi yoki muntazam kasallanish darajasi yuzaga kelishi bilan xavfli.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Gebreyesus koronavirus pandemiyasi tugallanish arafasida emasligini, aksincha kasallik tezlashayotganini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: JSST dunyoda koronavirusga qarshi 141 xil vaksina ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi

Eslatib o‘tamiz, Xitoy harbiylarning CanSino Biologics va Harbiy fanlar akademiyasining tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina namunasidan foydalanishga ruxsat berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют