» » Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1452 kishida, Qirg‘izistonda esa 238 kishida koronavirus aniqlandi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 1452 kishida, Qirg‘izistonda esa 238 kishida koronavirus aniqlandi


Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 528 kishida koronavirus aniqlandi, shuningdek, 924 kishida kasallikning belgisiz holati qayd etilgan. Umumiy hisobda bir sutka davomida COVID-19 qayd etilgan bemorlar soni 1452 kishini tashkil etmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

Koronavirusga chalinish bo‘yicha yangi holatlar quyidagi hududlarda aniqlangan:

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 24 432 kishiga yetgan. Hozirga qadar 15 556 kishi sog‘aygan, 188 kishi virus qurboniga aylangan. Shuningdek, 22 739 kishi koronavirusni belgisiz tashuvchi sifatida qayd etilgan.

Mavzuga doir: Qozog‘istonda koronavirus epidemiyasi davrida 18 nafar tibbiyot xodimi kasallikdan vafot etgani ma’lum qilindi

Qirg‘izistonda 5-iyul holatiga ko‘ra, yana 238 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, Kloop xabar berdi.

Koronavirusga chalingan yangi kasallarning 162 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, quyidagi hududlarda ham koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yangi holatlar qayd etilgan:

Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 bilan kasallanganlar soni 7377 kishiga yetdi, ularning 88 nafari virus qurboniga aylangan. Hozirga qadar 2802 nafar bemor davolangan.

Mavzuga doir: O‘zbekiston Qirg‘izistonga navbatdagi insonparvarlik yordamini yubordi

Afg‘onistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 348 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tolo News.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda koronavirusga chalinganlar soni 32 672 kishini tashkil etmoqda.

Butun mamlakat bo‘ylab koronavirusdan hozirga qadar 19 169 bemor tuzaldi. O‘tgan bir sutkaning o‘zida 1833 kishi sog‘aygan. Umumiy hisobda 826 kishi kasallik oqibatida vafot etgan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, Tojikistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 6159 kishiga yetgan.

O‘tgan sutka davomida yana 51 kishida koronavirus aniqlangan.

Mamlakatda o‘tgan bir sutka ichida 47 kishiga shifoxonadan javob berilgan. Tojikistonda hozirga qadar 52 kishi COVID-19 qurboniga aylangan, 4809 bemor davolangan.

O‘zbekistonda 5-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 9829 nafarni tashkil etmoqda. Mamlakatda 6425 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan, 15-martdan buyon 31-nafar bemor kasallik asoratlaridan vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 10:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют