» » Dizel mojarosi tufayli Volkswagen AQSh hukumatiga yana uch milliard dollar to‘laydi

Dizel mojarosi tufayli Volkswagen AQSh hukumatiga yana uch milliard dollar to‘laydi


AQSh Federal sudi Germaniyaning Volkswagen avtokonserniga nisbatan dizel yoqilg‘isi bilan harakatlanuvchi avtomobillarining zararli chiqindilari haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirgani uchun 2,8 milliard dollarlik jarima belgiladi. Bu haqda Financial Times nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Ma’lumotlarni soxtalashtirish bo‘yicha ochilgan jinoiy ish natijasiga ko‘ra, Volkswagen jarimalar to‘lashidan tashqari, kompaniyaga mustaqil kuzatuvchi ham jalb etiladi. U uch yil davomida konsern tomonidan qonunlarga rioya qilinishi hamda sud qarori ijrosi ustidan nazoratni olib boradi.

Avvalroq kompaniya AQShdagi boshqa fuqarolik ishlari bo‘yicha 1,45 milliard dollardan ziyod mablag‘ga teng jarimani ham to‘lashga rozilik bildirgan edi.

2015-yil sentabr oyida Amerika hukumati Volkswagen’ni kompaniyaning dizel bilan harakatlanuvchi avtomobillari chiqaradigan gazlar haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirganlikda ayblagan va natijada ikki o‘rtada dizel mojarosi kelib chiqqan edi.

Keyinroq nemis avtokonserni AQSh hukumatini aldash, firibgarlik va toza havo to‘g‘risidagi qonunni buzish, sudga qarshi chiqish va import qoidalarini buzish maqsadida tegishli shaxslar bilan til biriktirganligini tan oldi.

Volkswagen’ga mazkur mojaroni hal qilish umumiy hisobda 24 milliard dollarga tushdi.

Опубликовано: admin (23-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют