» » JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etdi

JSST dunyoda koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha kunlik rekordni qayd etdi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 4-iyul kuni butun dunyoda koronavirus bilan kasallanishning yangi rekord ko‘rsatkichini qayd etdi, deb xabar beradi Tengrinews.

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan bir sutka ichida dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 212 326 kishiga ortgan. Yangi kasallanish holatlarining aksariyati AQSh, Braziliya va Hindistonda qayd etilgan.

Bundan oldingi sutkalik antirekord 28-iyun kuni qayd etilgandi. O‘shanda dunyoda bir sutka ichida rasman 189 mingdan ortiq odam koronavirusga chalingan edi.

Hozirda koronavirus oqibatida vafot etayotganlar soni kuniga salkam 5 ming kishini tashkil etmoqda.

Avvalroq AQShda bir kunda 57,5 ming kishida koronavirus aniqlanib, sutkalik rekord yangilangani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:“JSST pandemiyaning ikkinchi to‘lqini haqida ogohlantirdi: “Xuddi 100 yil avvalgidek bo‘ladi”

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil 28-iyun kuni butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 10 million kishidan, 4-iyul kuni esa 11 million kishidan oshib ketdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 12:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 71) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют