» » Jeymi Vardi APLda 100-golini urib, “Lester” rekordini o‘rnatdi

Jeymi Vardi APLda 100-golini urib, “Lester” rekordini o‘rnatdi


“Lester” hujumchisi Jeymi Vardi “Kristal Pelas” qarshi uchrashuvda (3:0) o‘zining Angliya Premyer Ligasidagi 100-golini urdi.

Vardining mazkur uchrashuvdagi birinchi to‘pi 33 yoshli hujumchi uchun Premyer Ligadagi 100-gol bo‘ldi. Vardi “Lester” safida bunday natijaga erishgan birinchi futbolchiga aylandi, deya xabar beradi Goal.

“Kristal Pelas” qarshi o‘yinda Vardi 77 va 90-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol etib, dubl qayd etdi. “Lester”ning birinchi goliga esa 49-daqiqada Kelechi Ixeanacho mualliflik qildi.

33-turdan keyin “Lester” 58 ochko bilan turnir jadvalida 3-pog‘onani egallab turibdi, “Kristal Pelas” (42) esa 13-o‘rinda bormoqda.

Jeymi Vardi joriy mavsumda Premyer Liga bahslarida 30 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 21 ta gol va 5 assist yozdirib qo‘ydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 14:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют