» » UFC 251. Koronavirusga chalingan Gilbert Byornsning o‘rnini egallashga da’vogar paydo bo‘ldi

UFC 251. Koronavirusga chalingan Gilbert Byornsning o‘rnini egallashga da’vogar paydo bo‘ldi


UFC’ning yarim o‘rta vazn toifasida jangchisi Xorxe Masvidal Abu-Dabidagi UFC 251 musobaqasida Gilbert Byornsning o‘rnini egallashi mumkin.

Abraham Kava (Xorxening menejeri) Masvidalning Kamaru Usmonga qarshi jangga chiqishga tayyorligini bildirgan. Hozircha UFC bu borada rasmiy izoh bergani yo‘q.

Avvalroq Gilbert Byornsning koronavirus yuqtirib olgani va 12-iyul kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan jang qoldirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Ma’lumot uchun, Masvidal faoliyati davomida 48 ta jang o‘tkazib, shularning 35 tasida g‘alaba qozongan, 13 tasida esa imkoniyatni boy berib qo‘ygan.

Eslatib o‘tamiz, UFC 251 musobaqasi juftliklar quyidagicha ko‘rinish olgandi:

Asosiy kard

Kamaru Usmon — Gilbert Byorns

Aleksander Volkanovski — Maks Hollouey

Petr Yan — Joze Aldo

Jessika Andrade — Rouz Namayunas

Peyj Vanzant — Amanda Ribas

Boshqa janglar

Volkan O‘zdemir — Yirji Prohazka

Elizeu Zaleski dos Santos — Muslim Salixov

Makvan Amirxani — Denni Henri

Leonardo Santos — Roman Bogatov

Marchin Tibura — Aleksandr Romanov

Raulian Payva — Jalgas Jumagulov

Karol Rosa — Vanessa Melo

Martin Dey — Deyvi Grant.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют