» » “Manchester Yunayted” hujum triosi gollar soni bo‘yicha Saloh, Mane va Firmino uchligini ortda qoldirdi

“Manchester Yunayted” hujum triosi gollar soni bo‘yicha Saloh, Mane va Firmino uchligini ortda qoldirdi


Angliya Premyer Ligasining 33-tur doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda “Manchester Yunayted” “Bornmut”ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Mazkur bellashuvda “Manchester Yunayted” hujumchilari – Markus Reshford, Antoni Marsyal bittadan gol urgan bo‘lsa, Meyson Grinvud dubl qayd etdi.

2019/20-yilgi mavsumda ushbu uch nafar o‘yinchi tomonidan barcha musobaqalarda urilgan gollar soni 55 taga yetdi.

Shunday qilib, “Manchester Yunayted” hujum triosi bu ko‘rsatkich bo‘yicha “Liverpul” futbolchilari Sadio Mane, Muhammad Saloh va Roberto Firminoni ortda qoldirdi. Mersisayd uchligi esa bu mavsumda 51 ta gol urgan.

“Manchester Yunayted” 33-turdan keyin 55 ochko bilan 5-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, “Liverpul” chempionat yakunlanishiga 7 tur qolganida chempionlik masalasini hal qilgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-07-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют